Nitstsa aeroportidagi vaziyat öz örniga tuşmoqda, yölovçilar terminal binosiga ötmoqda. Bu haqida RIA “Novosti” aeroport vakili Jyeraldin Jironing ma'lumotiga asoslanib xabar qildi.
“Odatda qarovsiz yuk topilsa, biz undan xuddi bugungidek xalos bölamiz. Aeroport faoliyati normal rejimga qaytmoqda”, - deya ta'kidladi u.
Yana bir naşr - Associated Press’da keltirilişiça, yuklarni oliş uçun yölovçilarning aeroport binosiga qaytişi söralmoqda.











