AQŞlik marhum qöşiqçi Maykl Jyekson sehrgar Garri Potter haqidagi filmlarda Germiona rolini ijro etgan va öşanda 11 yoşda bölgan aktrisa  Emma Uotsonga işqi tuşib qolib, agar döstining qizi bilan birga böla olmasa, unga uylanmoqçi bölgan. Bu haqda Jyeksonni davolagan şifokor Konrad Myurrey yulduzli mijozining hayoti haqida oçiq-oydin ma'lumotlar berilgan kitobida ma'lum qilgan. Bu haqda Mirror naşri xabar bermoqda. 

Myurreyning aytişiça, Jyekson özining dösti Mark Lesterning 5 yoşli qizini sevgan. Qiz 12 yoşga tölganda Maykl unga turmuşga çiqişni taklif qilgan, biroq qizning otasi bu Britaniya va AQŞ qonunlariga zid kelişini aytib, bunga qarşi çiqqan.
 
Öşanda Jyekson öziga boşqa muhabbat obektini topib, aktrisa Emma Uotsonga e'tiborini qaratgan. Öşanda Uotson 11 yoşda bölgan, biroq qöşiqçi bunga qaramay unga uylaniş niyati bölgan. 

Ma'lumki, pop-musiqa qiroli bir neça marotaba yoş bolalar nomusiga tegişda ayblangan. 1993 yilda unga qarşi 13 yoşli bolaga tegajoğlik qiliş böyiça iş qözğatilgan. Biroq iş qöşiqçi va bolaning oilasi orasidagi kelişuv bilan yakunlangan. Bola oilasi 20 mln dollardan köproq tovon puli olgan. 2004 yilda ham qöşiqçiga qarşi şunday ayblov qöyilgan, biroq bu safar u oqlangan.
 
Myurrey  qöşiqçining "Mana hammasi" deb nomlangan xayrlaşuv turi şarafiga öz kitobini xuddi şunday nomladi. Bestseller bölişi va'da qilinayotgan bu memuarlar 19 iyulda çop etiladi.