Reytingga 13 kişi kiritilgan bölib, ular merosi keltirgan daromad deyarli 1 trln dollarni taşkil qilgan.
Röyxatning eng yuqori poğonasidan britaniyalik yozuvçi, “Çarli va şokolad fabrikasi” hamda “Matilda” kitoblari muallifi Roald Dal (1916-1990) joy olgan. 2021 yil sentyabrda uning merosxörlari Netflix striming xizmatiga Roald Dahl Story kompaniyasini sotişgan. 2022 yil dekabrda yozuvçining asarlari asosida “Matilda”, 2023 yilda esa “Çarli va şokolad fabrikasi” filmlarining yangi versiyalari çiqariladi.

Foto: Forbes
2-örinni amerikalik qöşiqçi Prins (1958-2016) egalladi. Uning uç merosxöri özlariga tegişli uluşni, jumladan qöşiqçining aşulalariga huquqni umumiy hisobda 108 mln dollarga sotgan.

Foto: Forbes
3-örinni Maykl Jyekson egallagan. U asos solgan Mijac Music leybli 75 mln dollar keltirgan.

Foto: Forbes
Yetakçi öntalikdan, şuningdek rassom Çarlz Monro Şuls (1922-2000), bolalar yozuvçisi va multiplikator Teodor Syuz Gaysel, qöşiqçi va aktyorlar Bing Krosbi hamda Elvis Presli, golfçi Arnold Palmer, şoir-qöşiqçi Jyerri Goffin, qöşiqçi Lyuter Vandross, reggi uslubidagi qöşiqçi Bob Marli, repçi Juice WRLD va marhum bitlzçi Jon Lennon joy olgan.












