Moskva viloyatining Ximki şahrida Betmen kiyimidagi noma'lum şaxs politsiyaçilarga jinoyatçilar bilan kuraşişda yordam bermoqda. Huquq-tartibot muassasalari uning yordamida narkosavdo, talonçilik, öğrilik kabi 50 ga yaqin jinoyat foş qilinganini tan olmoqdalar. Politsiya noodatiy yordamçiga minnatdorçilik bildirmoqda, biroq bunga mukkasidan ketmaslikka çaqirmoqda. Bu haqda "360" telekanali xabar bermoqda.  

"Bu odam 40-50 ga yaqin hibsga olişlar ötkazgan, ular böyiça, asosan giyohvand moddalarni noqonuniy aylantiriş böyiça, jinoiy işlar qözğatilgan. Federal xavfsizlik xizmati vaziyatida bizga undan unça yordam yöq. Biz bu holat qandaydir ommaviy ğalayonlarga olib kelmasligi uçun barçasini nazoratda uşlab turibmiz. Agar bizda köplab qahramonlar paydo bölsa, köplab muammo yuzaga keladi", deb aytdi FXXning Vladislav ismli xodimi.

Mahalliy Betmen maşhurlaşib ketib, jamoatçilik e'tiboriga tuşdi. Tvitterda yangi qahramon yovuzlik bilan kuraşiş niyatidaligini bildirgan. Internetda u narkopritonni "bosayotgani" videosi ham paydo bölgan. Videoda u narkopritonga tutun şaşkasi otib, ğoyib bölganini köriş mumkin. 

"Uning kostyumi buyurtma bilan tikilgan, unga kellar plastinalar örnatilgan. Ya'ni bu odam yaxşilab tayyorgarçilik körgan. Men öz guruhimda odamlar bunga qanday munosabatda ekanliklarini biliş uçun sörovnoma ötkazdim. Odamlar bunga haqiqatda qiziqmoqdalar va bizning Betmendan yangi qahramonliklar kutib qolmoqdalar", deb aytdi ijtimoiy tarmoqdagi "Tipiçniye Ximki" guruhi rahbari Nikita Belugin.