Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Respublika yoş tadbirkorlar va fermerlari forumini ötkazişni rejalaştirmoqda. Forum doirasida kiçik biznes va fermerlikni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan davra suhbatlari, ilğor tadbirkorlar va fermerlar iştirokidagi master-klasslar, yangi biznes ğoyalar va loyihalarning taqdimotlari, fotokörgazmalar taşkil etiladi. Tadbirlarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, davlat organlari va jamoat taşkilotlari rahbarlari, respublikaning turli xududlaridan yoş tadbirkorlar va fermerlar iştirok etişadi.
O`zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi bölim mudiri Sardor Maripovning ta'kidlaşiça, Forumning asosiy maqsadi yoş tadbirkorlar va fermerlar qölga kiritayotgan yutuqlarni tarğib qiliş, ularni yangi marralarga undaş va ular uçun muloqot maydonini yaratişdan iborat. Bugun minglab yoş tadbirkorlar va fermerlar Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga intilmoqda. Mamlakatimizda mavjud jami tadbirkorlik sub'yektlarining 32 foizdan ortiğini yoşlar boşqarmoqda. Ular mamlakat iqtisodiyotiga öz uluşini qöşiş barobarida öz tengdoşlarini iş bilan ta'minlaşga ham öz hissalarini qöşmoqdalar.
Respublika yoş tadbirkorlar va fermerlari forumi avgust oyining birinçi dekadasida “Bugun biz safdamiz!” şiori ostida Toşkent şahrida bölib ötadi. Forum haqidagi qöşimça ma'lumotlarni www.uzlidep.uz veb-saytidan oliş mumkin.










