Turkiya Ta'lim vazirligi sohadagi 15,2 ming xodimning mamlakatda harbiy töntarişga urinişdan keyin boşlangan yalpi tozalaş harakatlari doirasida işdan böşatilgan.
Bundan taşqari, Turkiya oliy ta'lim boşqarmasi mamlakatdagi universitetlardan 1577 dekanni lavozimidan çetlaştirişni talab qilgan.
Ta'lim sohasi vakillarining işdan böşatilişiga ularning 15 iyul kungi voqealar taşkilotçiligida ayblangan Fathulloh Gulen bilan aloqadorligi gumon qilingani bölmoqda.
Bundan oldinroq, Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim "Turkiyani Gulen tarafdorlaridan tozalaş"ga çaqirgandi.
Bugun Turkiya hukumati AQŞga Gulenni topşiriş böyiça rasmiy sörov yubordi. Gulenning özi davlat töntarişiga urinişga aloqadorligini rad etib kelmoqda.
Turkiya sudi bugungaça tozalaş işlari doirasida 85 nafar general va admirallarni hibsga oldirdi.
Bugungaça davlat töntarişga urinişga aloqadorlikda gumon qilinib qölga olinganlar soni 9500 nafardan oşgan.
Ular orasida prezidentning 2 maslahatçisi, Turkiya din işlar boşqarmasining 492 nafar xodimi, 100 nafar politsiyaçi, 6038 nafar harbiy xizmatçi, 755 nafar sudya va prokurorlar, boş vazir kantselyariyasining 250dan ortiq xodimi, 180 nafar razvedkaçi hamda 650 nafar oddiy fuqaro bor.










