AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton tvitterda ispan tilidagi akkauntini oçdi, deyilmoqda uning saylovoldi ştabi bayonotida.

"Biz "Xillari ispan tilida" deb nomlangan yangi sahifani taqdim qilamiz. Biz bu yerda uning prezidentlik kampaniyasi haqida ma'lumotlar bilan bölişamiz", deyilmoqda @Hillary_esp akkauntining birinçi xabarida.

Klinton ştabi bayonotida akkaunt AQŞda ispan tilida sözlaşuvçi 40 mln odamga ma'lumotlar beriş uçun işga tuşirilgani aytilmoqda.

Bayonotda Klinton "Amerika kuçi uning turfaligi va köp madaniyatligida" ekanini tuşunişi aytilgan.

Klintonning asosiy raqibi Donald Tramp AQŞga keladigan meksikaliklar haqida bir neça marotaba salbiy fikr bildirgan hamda AQŞ va Meksika örtasida devor quriş taklifi bilan çiqqan.