NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Reuters axborot agentligiga bergan intervyuda Turkiya armiyasi mamlakatda davlat töntaruviga urinişdan keyin qatorlarida tozalaş bölganiga qaramasdan, hamon kuçli hisoblanişini aytdi.
"Turkiya katta qurolli kuçlar, professional qurolli kuçlar hisoblanadi va aminmanki, ular NATOga vafodor va kuçli hamkor bölişda davom etmoqdalar", deb aytdi Stoltenberg.
U, şuningdek, Turkiya hukumatining töntaruvga munosabati mutanosib va NATO qadriyatlariga mos bölişiga umid qilişini aytdi. Stoltenberg Turkiyaning alyansdagi a'zoligini qayta körib çiqiş masalasi kötarilmaganini aytdi.
"Hammamiz uçun Turkiya NATOning kuçli ittifoqdoşi bölişda davom etişi muhimdir, çunki biz Iroq va Suriyada kuzatayotganimizdek, Turkiya barqarorsizlik va zöravonlik yoqasida turibdi", deb aytdi Stoltenberg.
Avvalroq Stoltenberg NATO a'zosi hisoblanadigan davlatda harbiy töntaruvlar yuz bermasligi kerakligini aytgandi.











