AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton öziga vitse-prezident böladigan nomzod borasida bir töxtamga keldi.
Klinton tvitterda unga Virjiniya ştatidan senator, Demokratik partiya milliy qömitasi raisi Tim Keyn şerik bölişini e'lon qildi. Xabarda Keyn öz hayotini özgalar huquqi uçun kuraşga bağişlagani aytilgan.

"Tim Keyn – agar muammolarni yeçişni boşlasa, hal qilib bölmaydigan muammo yöqligiga işonuvçi tuzalmas optimist", deb ta'kidlab ötdi Klinton.
Ötgan haftada Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp ham öziga Indiana gubernatori Mayk Pensni vitse-prezident sifatida tanlagandi.











