Rossiyalik sayyoh Fedor Konyuxov, "Morton" havo şarida dunyo böylab sayohati yakunida Avstraliya sohillariga yetib keldi. U, 11 kun avval uşbu mamlakatdan sayohatga otlangan edi. 

Konyuxov ötirgan havo şari tuşga yaqin qit'aning ğarbiy şahri Pert çegarasini 6 km balandlikda kesib ötgan. Mahalliy aeroport aviadispetçerlari havo şarini RA-2900G raqami bilan röyxatdan ötkazgan.

Konyuxov 11 kundan köproq vaqt mobaynida 34650 km masofani ortda qoldirgan, sayohati töliq bölişi uçun Fyodor Nortxem şahriga yetib borişi kerak. U ayni şahardan havoga kötarilgan edi.

Fedor Konyuxov "- 40 darajali" sovuqda havo şarida qolib ketdi 

Maşhur sayyoh Konyuxov havo şarida dunyo böylab sayohatini boşladi