Özbekistonlik boksçi Ruslan Çagayev Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi böyiça muntazam çempionlik kamaridan mahrum böldi. Boxing Scene tarqatgan xabarga köra, u taşkilotning titulni himoya qiliş böyiça talablarini bajarmagan.
WBA Braunni çempionlik kamaridan mahrum etib, 6 oyga diskvalifikatsiya qilgaç, Çagayevga puerto-rikolik da'vogar Fres Okendo bilan himoya jangi ötkaziş böyiça muzokaralar uçun 120 kun muhlat bergandi. Taşkilot Çagayevning vakillari şu vaqtgaça muzokaralarni boşlamagani uçun şunday qaror çiqargan.
Eslatib ötamiz, Ruslan Çagayev va Lukas Braun örtasidagi çempionlik jangi 5 mart kuni Grozniy şahrida ötkazilgandi. Unda özbekistonlik boksçi raqibiga 10-raundda texnik nokaut bilan mağlub bölgandi.
May oyida avstraliyalik 37 yoşli Lukas Braunning doping uçun topşirgan takroriy test namunalarida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlandi va u çempionlik kamaridan mahrum etilib, uning kamari Çagayevga qaytarildi.







