Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistondagi suv toshqinlari sabab 20 kishi halok bo‘ldi
Foto: Pakistantoday
Pokiston shimolidagi Xayber-Paxtunxva va Padjob provinsiyalaridagi kuchli jala va suv toshqinlari sabab 22 kishi halok bo‘ldi hamda 60 kishi jabrlandi. Bu haqda Doon gazetasi yozmoqda.
Pokiston meteorologiya departamenti direktori Muhammad Xanifning ma'lum qilishicha, yaqin sutkalar ichida ham kuchli jala kuzatiladi. "Kuchli yomg‘ir Panjob, Xayber-Paxtunxva, Gilgit-Valtisan va Kashmir singari hududlarda suv toshqini va ko‘chkilar keltirib chiqarishi mumkin", - dedi u.
Pokiston yilning ikkinchi yarmida bo‘ladigan yomg‘irlar mavsumi sabab har yili suv toshqinlari va ko‘chkilardan aziyat chekadi. 2010 yilda mamlakat tarixida kuzatilgan eng yirik ko‘lamli suv toshqinlarida 1,5 ming kishi halok bo‘lgan, o‘n minglab kishi boshpanasiz qolgan, umumiy hisobda esa 2 mln kishi jabrlangan edi.
Mavzuga oid
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
20:53 / 15.05.2026
Pokiston Qoraqalpog‘istonda qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
09:30 / 15.05.2026
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
20:35 / 13.05.2026