Xitoy xalq ozodlik armiyasi yuqori lavozimli generali Tsyuy Juy tergovçilar savollariga javob bermoqda. Ötgan yilgi harbiy paradni taşkil etiş uçun mas'ul bölgan harbiy mulozim korrupsiyada gumon qilinmoqda, deb yozgan Hongkongning South China Morning Post naşri Xitoy armiyasidagi öz manbalariga asoslangan holda.
Gazeta ma'lumotlariga köra, general-mayor ötgan hafta 27-iyulda hibsga olingan. U, XXR Markaziy harbiy kengaşi intizomini tekşiriş böyiça Komissiya ötkazayotgan tergov işlarining asosiy iştirokçisi bölib turibdi.
Hozirça, harbiy mulozim aynan qanday jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganiga oydinlik kiritilmagan. Ammo, gazeta manbasining aytişiça, bu Tsyuy Juyning avvalgi lavozimi bilan boğliq bölişi mumkin. General, bundan avval, Boş ştabning Beşinçi departamentining harbiy qurol-yaroğlar va mulk böyiça bölimlaridan biriga rahbarlik qilgan.











