Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko Ukraina harbiy paradlar ötkazişdan voz keçişi kerakligini aytdi.

"Ukraina mustaqillik kunida ular ötkazmoqçi bölayotgan butun harbiy parad yaxşisi frontning oldingi qatorlariga yuborilsin, jangovor harakatlarga safarbar etilgan odamlarning demobilizatsiya qilinişiga imkon berilsin", deb aytdi Savçenko Ukrainaning NewsONE telekanali efirida.

U "bunday notöğri boşqaruv, inson va moliyaviy resurslardan nooqilona foydalanişni" tuşuna olmasligini aytdi va harbiy paradlardan voz keçişni taklif qildi. 

"Paradlar avval bölmagan, ular Sobiq ittifoq zamonlarida kiritilgan va bu hattoki uruşdan keyinoq ham bölmagan. Davlatimizda uruş ketayotgan bir paytda bizda paradlar davom etmoqda. Nazarimda, bu tahqirlaş, frontning old qatorlarida poyabzalsiz va formasiz turgan jangçilarning yuziga tufurişdir", deb aytdi Savçenko.

Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko 24 avgustda – Ukraina mustaqilligi kunida harbiy parad ötkazilişi haqidagi farmonni imzolagandi.

Poroşenko Ukraina hukumatiga paradga tayyogarçilik köriş bilan boğliq tadbirlarni moliyalaştirişni, Davlat televideniye va radio qömitasiga uning translyatsiyasini ta'minlaşni buyurgandi.

Prezident maslahatçisi Yuriy Biryukov paradda 200 ga yaqin texnika birligi Kiyev markazidan ötişini ma'lum qilgan.