4-avgust kungi savdolarda qora oltin narxi kötarilmoqda. Bunga, AQŞ energetika vazirligining mamlakatdagi benzin zaxirasi sezilarli kamaygani töğrisidagi axboroti sabab bölmoqda. 

Toşkent vaqti bilan soat 9:44 da Brent rusumli neft aralaşmasining oktabr oyi fyuçersi uçun bir barreli 0,46 foizga qimmatlaşib, 43,30 dollarga baholandi. WTI neftining bir barreli sentabr oyi fyuçersi uçun 0,76 foizga qimmatlaşgan va bir barreli 41,14 dollardan sotilgan. 

AQŞ energetika vazirligi xabariga köra, mamlakatdagi tijoriy neft zaxirasi kutilmaganda 1,4 million barrelga ortib, 522,5 million barrelga yetgan. Tahlilçilar, bu raqamning pasayişini taxmin qilişgan edi.

Şunga qaramay, sarmoyadorlarning e'tiborini boşqa hisobot tortgan. Xususan, AQŞdagi benzin zaxirasi ötgan haftada 3,3 million barrelga kamayib, 238,2 million barrelga tuşgan. Ekspertlar esa, bu borada 0,2 million barrel qisqarişini aytişgandi. Şunga köra, köplab sarmoyadorlarning AQŞdagi yonilği zaxirasi köpligi borasidagi xavotirlari öz tasdiğini topmagan.