Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya parlamentariylari chegara mudofaasi uchun kemalar sonini ko‘paytirishga chaqirishdi
Buyuk Britaniya parlamentariylari hukumatni mamlakat chegaralarini muhofaza qiluvchi kemalar sonini ko‘paytirishga chaqirdi, zero ularning fikricha, mavjud kemalar mudofaa uchun kamlik qiladi.
Britaniya chegara mudofaasi floti besh kemadan iborat. May oyida hukumat chegara flotini kuchaytirish haqida e'lon qilgandi. Kemalarning birinchi partiyasi yaqin oylarda yetkazilishi kerak edi, biroq flot keyingi yilning oxiriga borib to‘liq to‘ldirilishi kerak.
“Yangi kemalardan to‘rttasigina hozirgi kunda ishga tushirilgan, ammo qolgan to‘rttasi bilan ham baribir yetarli bo‘lmaydi”, - deyiladi ichki ishlar parlament qo‘mitasining 3 avgust kuni chop etgan ma'ruzasida.
Ma'ruza mualliflarining ta'kidlashicha, Britaniya chegara kuchlariga “xavfsizlikni ta'minlashda asosiy rol” berilgan. Ularning fikricha, flot yanada kuchli bo‘lishi kerak, shuningdek kichik portlarning xavfsizligi oshirilishi lozim.
Manbaga ko‘ra, Italiya dengiz chegaralarining xavfsizligini 600 kema ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026