Bugungi kunning eng maşhur alpinisti, köpçilikka 14 ta eng baland çöqqini eng qisqa muddat içida zabt etiş orqali tanilgan nepallik Nirmal Purja qor köçkisi oqibatida halok böldi. Bu fojia Pokistondagi 8047 metr balandlikdagi Broud-Pik toğida (bu dunyoning eng baland çöqqilari orasida 12-örinda turadi) röy bergan. Bu haqda uning Elite Exped nomli sayyohlik agentligi instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
«Bugun çuqur qayğu va yurakdagi çidab bölmas oğriq bilan tasdiqlaymizki, Nirmal „Nimsday“ Purja Broud-Pikdagi qor köçkisi tufayli fojiali tarzda halok böldi. Şuningdek, ekspeditsiyaning boşqa a’zolari ham, afsuski, omon qolmagan <.> Dunyo özining jasorati, kamtarligi va inson biz öylagandan köra köproq narsaga qodir ekaniga bölgan mustahkam işonçi bilan millionlab odamlarni ilhomlantirgan buyuk alpinistlardan birini yöqotdi», – deyiladi postda.
Purja alpinistlikka qanday kelib qolgan?
43 yoşli alpinist Nepaldagi kiçik qişloqlardan birida dunyoga kelgan. 2003 yilda u otasi va boşqa qarindoşlari kabi gurkhlar brigadasiga xizmatga kirgan – bu Britaniya qöşinining faqat etnik nepalliklardan tarkib topadigan bölinmasidir. 2009 yilda esa u Buyuk Britaniya qirolligi harbiy-dengiz kuçlari flotining maxsus topşiriqli bölinmasi safiga qabul qilingan ilk nepallikka aylanadi.
Purja 2012 yilda, Everestga uyuştirilgan ekspeditsiya çoğida alpinizmga qiziqib qoladi. Uning guruhi faqat asosiy lagerga yetib borişi kerak edi, lekin u yuqoriroq kötarilişni xohlaydi. Yölboşlovçi unga «muzmoslama»lardan qanday foydalanişni körsatadi va bir neça kundan söng ular birgalikda balandligi 6119 metr bölgan Lobuçe toğining şarqiy çöqqisiga kötarilişdi. Öşandan beri Purja muntazam ravişda toğlarga çiqib, rekordlar örnatişga kirişadi. 2017 yilda u beş kun içida Everest, Makalu va Lxotsze (dunyodagi birinçi, törtinçi va beşinçi eng baland sakkiz minglik) çöqqilarini zabt etdi.
2018 yilda qiroliça Yelizaveta II Purjani baland toğ alpinizmidagi ulkan yutuqlari uçun Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlagan. Bir yil ötgaç, u professional alpinist böliş uçun Britaniya armiyasidagi xizmatini muddatidan oldin tark etadi.
Purja 2019 yilda balandligi sakkiz ming metrdan ortiq bölgan 14 ta toğning barçasiga eng tez çiqişga qaror qilganidan söng maşhurlikka erişadi – bu alpinistlar uçun eng yuqori natija hisoblanadi. Janubiy koreyalik alpinist Kim Çang Ho (u 2018 yilda Himolay toğlarida qor böronida halok bölgan) bu natija uçun deyarli sakkiz yil sarflab, şu vaqtgaça eng yaxşi natija egasi bölib turgandi. Purja esa buni yetti oy içida uddalaşga qaror qiladi.














