Rossiyalik harbiylar 1 avgustga ötar keçasi va tongda Kiyevni dronlar va raketalar bilan öqqa tutdi.
Şahar meri Vitaliy Kliçko bergan sönggi ma’lumotlarga köra, hujum oqibatida töqqiz kişi halok bölib, 30 dan ortiq kişi yaralangan, şundan 17 nafari şifoxonaga yotqizilgan.
Şaharning yettita rayonida yonğin va vayrongarçiliklar qayd etilgan. Xususan, Litvaning Ukrainadagi elçixonasi binosi ham zarba vaqtida şikastlangan, diplomatik idora xodimlari orasida tan jarohati olganlar yöq. Litva TIV RF maxsus vakilini çaqirtirgan, unga norozilik notasi topşirilgan.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Dan Bashakov / AP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / Reuters / Scanpix / LETA


Anatolii Stepanov / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qilişiça, tunda mamlakat hududiga jami 27 ta ballistik raketa uçirilgan – ukrain harbiylari şundan faqat bittasini urib tuşira olgan. U buni Patriot tizimlari uçun tutib oluvçi raketalar qolmagani bilan izohlagan. «Aynan ballistikaga qarşi tutib olgiçlarning bunday taqçilligi Rossiyani şunday zarbalar uçun rağbatlantirmoqda», – degan Zelenskiy.





























