Kungaboqar uning “içki soatlari”ni özgartirib qöygan mutatsiya tufayli doimo Quyoşga qarab yuzlaniş xususiyatiga ega. Bu şunday özgartirişki, ular ösimlikning hujayralari ösişini boşqarib turadi hamda uni kunning yoruğ qismida şarqdan ğarbga qaraşga majbur qiladi. Bu haqida Science jurnalida çop etilgan maqolada ma'lum qilindi.
“Ösimlik qaçon va qayerdan Quyoş çiqişi haqida tasavvurga ega bölişi meni şunday taxminlarga olib keldi – kungaboqarlarning ösişini boşqaruvçi oqsil va genlar zanjiri hamda “biosoatlar” örtasida boğliqlik bor. Kungaboqar köproq nur oliş bilan birga asalarilarni ham köproq jalb qiladi, çunki ular issiq joylarni yaxşi körişadi”, - dedi Devisdagi Kaliforniya universitetida faoliyat olib boruvçi Steysi Harmer. Steysi va uning hamkasblari ana şunday taxminga tayanib, botanikaning eng qadimiy va qiziqarli jumboğiga javob topişdi.
Buning uçun maqola mualliflari bir neça kungaboqarlarni östirişdi, ularning bir qismini doimiy ravişda çiroq yonib turgan labaratoriyada ekişdi, qolgan qismi esa oddiy dalada ekildi. Olimlar ösimliklarning bir qismini Quyoş ortidan ögirila olmaydigan qilib mustahkamlaşdi, bu ularga bunday evolyutsion moslaşişni inkor qilişning oqibatlarini baholaş imkonini berdi.
Bu harakat tamoyillarini oçişda ularga maqola mualliflaridan biri öylab topgan topqir usul yordam berdi – biologlar marker olib, kungaboqarning poyasiga bir neçta nuqta qöyib, belgilab qöyişdi va ularni videokamera yordamida kuzatişdi. Agar ular orasidagi masofa özgarsa, bu gul poyasi nuqtalar qöyilgan joyda ösgan bölar edi.
Kuzatuvlarning körsatişiça, gulning harkatida uning içki soatlari “motor” vazifasini ötagan – yoruğliksezuvçan oqsillar töplami va ularga “mustahkamlangan” kun, tun, tong va oqşom tuşişi bilan boğliq turli hayotiy jarayonlarni boşqaruvçi genlar.
Agar kunning uzunligi sun'iy ravişda buzilsa, hattoki yoruğlikning sun'iy manbasi xuddi tabiiy yorituvçidek harakatlansa ham, kungaboqarlar Quyoşga yönaliş xususiyatini yöqotişadi. Bu gulning ösiş tezligi, biomassa töplami va uruğliklarning rivojlanişiga darhol salbiy ta'sir körsatadi.
Markerda qöyilgan nuqtalar buning aynan qanday röy berişini körsatib bergan – ma'lum bölişiça, bu soatlar gulning harakatiga ikki yöl bilan ta'sir körsatar ekan: ösiş tezligini nazorat qilib va poyaning bir tomonini boşqasidan tezroq ösişga majbur qilgan. Şu tufayli kungaboqar kunning yoruğ qismida Quyoşga talpinib ögiriladi.
Kungaboqarning bunday xususiyatining kutilmagan evolyutsion ijobiy tomoni bor – Harmer va uning hamkasblarining aniqlaşiça, asalarilar issiq gullarni yaxşi körişadi, ayniqsa ertalabki paytda; Quyoş tomon ögiriliş gulga tezroq isiniş va köproq çanglatuvçilarni jalb qilişga yordam beradi.











