Rossiyaning MTS kompaniyasi 5 avgust kuni keçqurun özining Özbekistonda taşkil etilgan Universal Mobile Systems (UMS) qöşma korxonasidagi 50,01 foizlik uluşini sotgani haqida ma'lum qildi.

Rossiya operatori tarqatgan press-relizda qayd etilişiça, aksiyalar nazorat paketi Özbekiston respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi qoşidagi "Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi" Davlat unitar korxonasi ixtiyoriga ötgan.

"Biznesga oid bir qator sabablar va boşqa şart-şaroitlar tufayli MTS UMS qöşma korxonasidagi öz uluşini sotiş qarorini qabul qildi", degan MTSning xorijiy kompaniyalar böyiça vitse-prezidenti Andrey Smelkov.

2014 yilning 23 sentabrida MTS UMS ustav kapitalining 50,01 foizini beğaraz asosda qabul qilib olgandi. Aktsiyalarning qolgan 49,99 foizi Radioaloqa, radiouzatiş va televideniye markaziga tegişli edi.

4 avgust kuni Rossiya naşrlarida MTS kompaniyasining avgust oxiriga qadar UMS ta'sisçilari tarkibidan çiqiş imkoniyatlari töğrisida xabar qilindi.

Keyinroq UMS uzoq muddatli rejalarini tatbiq qilişda davom etişi haqida xabar berilgandi.

UMS Özbekiston hududida 2014 yil 1 dekabrdan tijoriy mobil aloqa tarmoğini işga tuşirgan. 2016 yil boşida UMS abonentlar bazasi 1,095 millionga yetgandi.