Professional yuguriş haqida gap ketganda, vazn va aerodinamika şunçalik muhim ahamiyat kasb etadiki, hatto quyoş nuridan himoya qiluvçi közoynaklar ham qarşilik körsatişi mumkin emas. Şu maqsadda, Nike kompaniyasi, VSP Global va Carl Zeiss guruhlari bilan hamkorlikda, maxsus sport közoynaklari işlab çiqdi. Ularning uqdirişlariça, bu közoynaklar çempion bölişni istaganlar uçun maxsus yasalgan. 

Qayd etiş joizki, uşbu közoynak ustida Sakramentodagi tadqiqot instituti şuğullangan. Uning quyoş nurlarini qaytaruvçi kimyoviy aralaşmasi tarkibida xrom ham bor. 

Nike kompaniyasi Wing (qanot) deb nomlagan közoynaklarning öziga xos xususiyatlaridan biri, aerodinamikasi bölsa, yana u yöqolmaydi. Özaro birikib ketgan linzalari ikkita yuqa silikonli tutqiçlar yordamida boşda juda qulay turadi. Biroq, uning ixçamligi va qulaygini hamma ham öziga ep köra olmasligi aniq. Axir, közoynak uçun 1200 dollar tölaş lozim. Şunga köra, uni maşhur sportçilar taqa oladi deyiş mumkin. Çunki, ular reklama huquqi asosida bu kabi közoynaklarni tekin olişadi.