Kiberxavfsizlik sohasida faoliyat olib boruvçi Check Point kompaniyasi mutaxassislari Android platformasida kamçilik topişdi. Taxminlarga köra, 900 million smartfon va planşetlar xavf ostida. Bu haqida 8 avgust kuni The Independent naşri ma'lum qildi.
Yovuz niyatli kimsalar Quadrooter nomini olgan kamçilik yordamida Android-qurilmalarni töliq buzib kirişlari mumkin. Boz ustiga, ular smartfon va planşetlardan nafaqat ma'lumot oliş, balki kamera va mikrofonni ham boşqariş imkoniga ega bölişlari mumkinligi ta'kidlanmoqda.
Kamçilikdan yomon niyatda foydalaniş uçun buzğunçilar gadjyetda maxsus ilova örnatişsa, bas. Şu maqsadda ular qurilma egalariga zarar yetkazuvçi havolalar jönatişadi.
Check Point vakilining qöşimça qilişiça, xavfsizlik borasidagi bunday muammolar Qualcomm kompaniyasining çipi qöllaniladigan smartfon va planşetlarda topilgan.
Qualcomm'da ma'lum qilişlariça, kamçilikni bartaraf etadigan patç işlab çiqilgan. Google'ning keyingi yangilanişida uning paydo bölişi kutilmoqda.











