Indonesia AirAsia aviakompaniyasi dunyodagi eng nopunktual loukaster, deb topildi. Fuqarolik aviatsiyasi parvozlarining monitoringi bilan şuğullanuvçi FlightStats kompaniyasi ma'lumotlari şundan dalolat beradi. 

Iyul oyi ma'lumotlariga köra, Malayziyaning AirAsia byudjyet taşuvçisining Indoneziya bölimi reyslarining 53,58 foizi 15 daqiqadan ortiq vaqtga keç qolib kelgan. 46,42 foiz samolyotlar esa vaqtida qöngan. 

Iyul oyining eng nopunktual loukasterlari orasida ikkinçi örinda Ispaniyaning Vueling Airlines'i qayd etilgan. Taşuvçining 52,78 foiz reyslari turli sabablarga köra uşlanib qolgan, 47,22 foizi esa közlangan maqsadga keç qolişlarsiz yetib kelgan. 

Uçlikni  50,40 foiz laynerlarining keçikişi bilan Turkiyaning Pegasus Airlines byudjyet aviakompaniyasi yopadi (49,60 foizi vaqtida kelgan). 

Iyul oyi yakunlariga köra, eng punktual loukaster sifatida Yaponiyaning StarFler'i e'tirof etilgan. Taşuvçining 92,66 foiz reysi keçikişlarsiz amalga oşirilgan. Şuningdek, yetakçilar uçligida Braziliyaning Azul (91,87 foiz) va Çilining Sky Airline (89,49 foiz reyslar) loukasterlari nomlari keltirilgan.