Rio-de-Janeyroda bölib ötayotgan Olimpiada öyinlari maşhur yulduzlar va taniqli insonlarning qiyofadoşlari iştirok etayotgan sport bayrami sifatida ham yodda qoladigan körinadi. Buyuk Britaniya Daily Mail naşrining yozişiça, şu kunlarda Rio musobaqalarida Britaniya malikasi Keyt Middltonning qiyofadoşi aniqlangan. Bu maşhur fransuz velopoygaçisi Polin Ferran-Prevodir.
Gazetaning yozişiça, 24-yoşli sportçining 34-yoşli Kembrij gersoginyasi bilan öxşaşligiga aql bovar qilmaydi. Ularning nafaqat yuz tuzilişi, balki soç turmagi va makiyajlari ham juda öxşaş. Frantsuz sportçisi va britaniyalik malika soçlarining rangi bilan farqlanadi, xolos. Ferran-Prevoning soçi şahzoda Uilyam turmuş örtoğining soçiga qaraganda biroz yorqinroqdir.


Albatta, bu Middlton xonimning ilk qiyofadoşi emas. Masalan, Buyuk Britaniyada 34-yoşli ofitsiant ayol Haydi Agan Kembrij gersoginyasi nusxasi böliş uçun işidan böşagan edi.

Avvalroq, Rio-2016da iştirok etgan amerikalik kamonçi Breydi Ellisonni hollivudlik aktyor Leonardo DiKaprioga öxşatişgandi.








