Fuqaro T.Buxorovning arizasiga asosan SVOJJDLQK departamentining Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi bilan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda bir firibgarning jinoiy faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda «Huquq» naşri yozmoqda.
Özbekistondagi siyosiy partiyalardan birining viloyat kengaşida boş hisobçisi sifatida faoliyat yuritgan Q.Berdiyev öz xizmat xonasida fuqaro T.Buxorovdan 3 ming AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan paytda aşyoviy dalil bilan uşlandi.
Ma'lum bölişiça, Q.Berdiyev şu pul evaziga T.Buxorovni Qarşi muhandislik-iqtisodiyot institutining neft va gaz yönalişidagi fakultetga öqişga kiritib qöyişni va'da qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Q.Berdiyevga jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudining hukmi bilan tegişli jazo tayinlandi.











