Jahon | 12:01 / 17.08.2016
22891
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an yangi vakolatlarga ega bo‘ldi

Foto: Xinhua

Turkiya hukumati favqulodda holat tartibi doirasida ikkita farmon qabul qilinganini e'lon qildi. Unga muvofiq, 2 mingdan ortiq politsiya xodimi va 300 dan oshiq harbiy xizmatchi egallab turgan lavozimidan ozod etiladi. Ular davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb xabar qilmoqda  Reuters axborot agentligi.

Bundan tashqari, mamlakat hukumati keng vakolatlarga ega bo‘ldi, xususan endilikda telekommunikatsiya kompaniyalari ham hukumat buyrug‘i asosida yopilishi mumkin. Shu bilan birga, davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga armiya qo‘mondoni — Bosh shtab rahbarini tayinlash huquqi taqdim etildi. Avval, mazkur vakolat bosh vazir zimmasida edi. 

Eslatib o‘tamiz, 15-iyul kuni kechqurun Turkiyada davlat hokimiyatini harbiy yo‘l bilan noqonuniy egallab olishga urinish amalga oshirildi. Harbiy isyonchilar Anqara va Istanbul ko‘chalariga harbiy texnikalarni olib chiqib, muhim harbiy inshootlar, prezident saroyi va parlament binosi, davlat idoralarini o‘qqa tutdi. Biroq, aksariyat harbiylar hukumatga sodiqligini namoyish etgani bois isyon bostirildi. 

Davlat to‘ntarishiga urinish chog‘ida isyonga aloqadorlarni hisobga olmaganda 246 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 2,1 mingdan ortiq inson yaralangan. Besh kundan so‘ng, respublikada favqulodda holat tartibi joriy qilindi va davlatning  barcha idoralarida tozalash ishlari avj oldi. 

Mavzuga oid