«Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida»gi prezident farmoni e’lon qilindi.
Unda ayollar va bolalar huquqlarini işonçli ta’minlaş, ularni har qanday tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş hamda jamiyatda bunday holatlarga nisbatan murosasizlik muhitini şakllantiriş, şuningdek, davlat organlari va taşkilotlarining mazkur yönalişdagi faoliyatini muvofiqlaştirilgan holda samarali yölga qöyiş çoralari belgilangan.
Jumladan, Içki işlar vazirligi, Boş prokuratura, Oliy sud, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Adliya vazirligiga uç oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi qonun loyihasini işlab çiqiş topşirildi:
Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarşi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qiliş va uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etiş bilan boğliq jinoyatlar uçun muqaddam sudlangan şaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganda ularga tegişinça umrbod ozodlikdan mahrum qiliş yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazosini belgilaş:
- ön tört yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş;
- ön tört yoşga tölmagan şaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş;
- ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni bir guruh şaxslar tomonidan sodir etganlik uçun oğirroq javobgarlikni belgilaş, şuningdek, tergov va sud amaliyotidan kelib çiqqan holda Jinoyat kodeksi 129-moddasi dispozitsiyasiga aniqlik kiritiş.
Şuningdek, boşqa çoralar ham belgilandi:
- moliyaviy mustaqillikka erişgan va oila qurişga har tomonlama tayyor bölgan yoşlar örtasida nikoh tuzişni rağbatlantiriş;
2027 yildan boşlab har ikkala taraf kamida 21 yoşga tölganda birinçi marotaba nikoh tuzgan yoş oilalar uçun:
- davlat tomonidan qöşimça imtiyoz va boşqa şakldagi qöllab-quvvatlaş çoralari taqdim etiladi;
- uşbu oilalar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan taqdirda, oilalar a’zolariga ularning faoliyatini qöllab-quvvatlaş, rivojlantiriş, daromadlarini oşiriş yoki murakkab vaziyatdan çiqariş uçun taqdim etiladigan moliyaviy kömaklar (subsidiya, ssuda, grantlar) qonunçilik hujjatlarida belgilangan miqdorlardan 1,5 baravarga oşirilgan holda beriladi;

















