Turkiya jumhuriyati adliya vaziri Bekir Bözdoğning Tvitterdagi sahifasida ma'lum qilişiça, 38 ming kişi «nazoratdagi ozodlik» tizimini joriy qiliş doirasida ozod etiladi.
Uşbu islohot töğrisida 17-avgust kuni e'lon qilingan hukumat qarorida söz yuritilgan.
Ta'kidlanişiça, mazkur islohot köplab mahbuslarga qamoqdan çiqişlariga imkon beradi. Biroq, ularga sinov muddati tayinlanadi.
Uşbu qarorning qabul qilinişiga davlat töntarişiga urinişdan söng, ommaviy ravişda qamoqqa olişlar ötkazilgani bois qamoqlarning tölib-toşgani sabab bölgan.
Bundan avvalroq, Bözdoğ davlat töntarişiga aloqadorlikda gumon qilinib, 26 mingdan ortiq odam qölga olinganini ma'lum qilgandi.












