Internet tarmoğida Vision Mercedes-Maybach 6 kontsept karining ilk suratlari paydo böldi. Uşbu olti metrlik, «çayka qanoti» eşiklariga ega bölgan kupe maşina rasman 18-avgust kuni AQŞning Pebbl-Biçida bölib ötadigan Jozibadorlik festivalida taqdim etiladi. Maşinaning suratlarini Carscoops.com naşri e'lon qilgan.

Hozirça, uning boşqa xususiyatlari va texnik jihatlariga oid tafsilotlar mavjud emas. Suratlardan birida, töliq diodli yoruğlik texnikasini, eşik panellariga örnatilgan sensorli boşqaruv elementlari hamda barça zaruriy axborotni oldi oyna va salonning yölovçi tomoniga çiqaruvçi proyektsion displeyni köriş mumkin. 

Maybach kupesining prototipi 12-avgust kuni e'lon qilingan edi. Uning ilk tizeri 15-avgustda paydo bölgan, 17-avgust kuni kompaniya videolavhasini e'lon qilgandi. Unda, yoruğlik diodlaridan köplab foydalanilgani va eşiklarining tepaga oçilişi oydinlaşgandi.