15 mingga yaqin volontyor Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaning taşkiliy işlarida iştirok etişdan boş tortişdi. Bu haqda The Independent xabar tarqatdi.
"Köplab volontyorlar 2 hafta davomida 8-9 soatlab işlaşdi va faqat yengil tamaddi qiliş bilan kifoyalanişdi. Menimça taşkiliy qömita volontyorlar ta'minoti uçun yetarliça e'tibor qaratmadi. Ular bizdan öz çöntaklarini töldiriş uçun foydalanişdi", degan sobiq volontyor Luis Moreyra.
Ayni vaqtda Olimpiada öyinlarida turli davlatlardan kelgan 50 ming volontyor örnida (80 foizi braziliyalik, qolgani xorijliklar) 35 ming nafari qolgan. XOQ bu özgariş turnirning qolgan kunlaridagi musobaqalar ötişiga ta'sir körsatmasligini bildirmoqda.
Bundan oldinroq XOQ braziliyalik volontyorlar vazifalarini bajarişdan böyin tovlamasliklariga harakat qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etiş kerakki, volontyorlarga olimpiada davomida körsatgan yordamlari uçun iş haqi tölanmaydi. Ularning vazifasi delegatsiyalar vakillarini qöriqlaş, sportçilarga va muxlislarga maişiy masalalarda yordam körsatiş hisoblanadi.
Olimpiada öyinlari 21 avgustgaça davom etadi.












