Turkiyada navbatdagi portlaş sodir etildi. Mamlakat şarqidagi Bitlis viloyati hududida sodir etilgan portlaş oqibatida 3 harbiy halok bölib, kamida 6 kişi jarohatlangan.
Dogan agentligi xabariga köra, Xizan şahri yaqinida harakatlanayotgan harbiylar kolonnasi hujumga yöliqqan.
Eslatib ötamiz, 17 avgust kuni keçqurun Van viloyatida, 18 avgust kuni tongida Elyazig viloyatida yirik portlaşlar sodir etildi. Vanda 3 kişi halok bölib, 71 kişi jarohatlangan, Ezyaligdagi terakt qurbonlari soni 6 nafar, şuningdek, jarohatlangan kişilar soni 170 nafarga yetgan.
Bu portlaşlar uçun Kurdiston işçilar partiyasi ayblanmoqda. Ammo hozirça taşkilot portlaşlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.











