Bosh vazir bu portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lganini ham tasdiqlagan.
Oxirgi xabarlarda jarohatlanganlar soni 170 nafarni tashkil qilayotgani aytilgandi.
Portlash shahardagi politsiya mahkamasiga xodimlari kirib kelayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Terakt uchun ayblov Kurdiston ishchilar partiyasiga qo‘yilgan. Lekin tashkilot bu terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.












