Ekvador prezidenti Rafael Korrea 19 avgustda 2017 yilgi prezidentlik saylovlariga öz nomzodini qöymaslikka qaror qilganini e'lon qildi. 

"Işonçim komilki, men nomzod bölganimda yana ularni yutgan bölardim: tajribam, tuşunçam, yangi vatanim bor, biroq men qaror qabul qildim, mening oilam oldida majburiyatlarim bor, asosiysi – "Mağrur va mustaqil vatan alyansi" partiyasida mendan prezidentlik estafetasini qabul qilişga munosib kadrlar bor va albatta, buni men qilgandan köra yaxşiroq qila oladilar", deb yozdi Korrea tvitterda.

Korrea uning yangi muddatga nomzodining qöyilişi uçun 1,5 oy içida 1,25 mln imzo töplagan "Rafael – doim sen bilan" harakati faollariga minnatdorçilik bildirdi.   

Korrea 2006 yilda prezident etib saylangan, öşanda u 60 foiz töplagandi. 2009 yilda mamlakatning yangi konstitutsiyasi kuçga kirgaç, saylovlarning 1-bosqiçidayoq yana bir muddatga saylangan. 2013 yilda esa u uçinçi marotaba prezidentlik saylovlarida yutib çiqqan.