Turkiya YeI bilan turli fikrlarga ega bölişiga qaramay, kamida 6 yil, köpi bilan 2023-yildan keçikmasdan taşkilotning teng huquqli a'zosiga aylanişni rejalaştirayapti. Bu haqda, mamlakatning YeIdagi doimiy vakili Salim Yenel Germaniyaning Die Welt naşriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
"Turk hukumati 2023-yilgaça taşkilotga a'zo bölmoqçi", - degan u.
Yenelning aytişiça, 2023-yili Turkiya jumhuriyatining yuz yilligi tantana qilinadi. "YeIga a'zo böliş Turkiya uçun juda katta yutuq bölar edi".
Uning tan olişiça, ayni vaqtda "YeI va Turkiya örtasida çuqur işonçsizlik hukm surmoqda". "Biz barça 72ta bandni bajargan taqdirda ham YeI turklar uçun vizalarni bekor qilişiga şubha qilayapmiz. Biz, Bryusselning kelişuvga rioya etişi borasida YeIning kafolatini olişni istaymiz", - degan Yenel.
Uning qayd etişiça, YeI va Anqara hozir ham özaro vizalarni liberallaştiriş böyiça kelişuvga erişişi mumkin.
"Biz bu borada ortga surişni xohlamaymiz. Buni 2017-yilda amalga oşiriş maqsadga muvofiq emas", -deb qayd etgan diplomat.













