Rio Olimpiadasining bugungi, 20 avgust kuni bölib ötadigan bahslarida 75 kg vazn toifasida Özbekiston boksçisi Bektemir Meliqöziyev final uçraşuvida kubalik sportçi Lopez Arlen bilan ringga kötariladi.
Bektemir Olimpiada öyinlari doirasida bungaça 1/8 final bosqiçida avstraliyalik Deniel Lyuisni, çorak finalda hindistonlik boksçi Vikas Krijanni, yarim finalda esa meksikalik Misael Rodrigesni mağlub etdi va finalga çiqdi.
Bektemir Meliqöziyev 1996 yilning 8 aprel kuni Farğonada tuğilgan.
Bektemir öz faoliyatini havaskorlik boksidan boşlagan. 2014 yilning yanvar oyida havaskor boksçilar örtasida ötgan Osiyo çempionatida 69 kg.gaça bölgan vazn toifasida Osiyo çempioni, xuddi şu yilning aprel oyida ötgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatida 69 kg.gaça bölgan vazn toifasida jahon çempioni va 2014 yilning avgust oyida yoşlar örtasida ötgan Olimpiada öyinlarida 69 kg.gaça bölgan vazn toifasida çempion bölgan.

2014 yilda esa 75 kg.gaça bölgan vazn toifasida Özbekiston, 2015 yilda esa Osiyo çempioni bölgan. 2015 yilgi jahon çempionatida esa finalga qadar yetib borgan va öşa bahsda kubalik Arlen Lopezga mağlub bölgan.
Uning raqibi kubalik boksçi Arlen Lopez 1993 yilning 21 fevral kuni Kubaning Guantanamo şahrida tuğilgan. 2015 yilgi jahon çempioni. Milliy çempionatning bir neça bor sovrindori.
U Rio Olimpiadasidagi bahslarda dastlab vengriyalik sportçi Z. Xarjani,çorak finalda esa fransiyalik K. Mbelleni va yarim final bahsida ozarbayjonlik boksçi Kamron Şohsuvorlini mağlub etdi.














