Turkiya parlamenti rasmiy Tel-Aviv va Anqara örtasidagi munosabatlarni normallaştiriş böyiça şartnomani ratifikatsiya qildi, deb xabar qilmoqda Assoşieyted Press agentligi.
Şartnomaga muvofiq, Isroil 25 kun içida Turkiyaga 20 mln dollar tovon puli tölaşi kerak. 2010-yili "Ozodlik flotiliyasi" bilan yuz bergan mojaro ikki mamlakat aloqalarining yomonlaşuviga sabab bölgan edi.
Isroil va Turkiya özaro munosabatlarni yaxşilaş böyiça kelişuvni 28-iyun kuni imzoladi. Hujjat kuçga kirişi uçun uni ikki mamlakat parlamentlari tasdiqlaşi lozim edi. Endilikda, uni elçilar almaşişadi.
Şu bilan birga, Turkiya hukumati, tovon pulini olgaç, yuqoridagi voqeaga oid barça da'volaridan voz keçadi, isroillik harbiylar esa jinoiy va huquqiy javobgarlikka tortilmaydi.
2010-yili Isroil maxsus kuçlari qamaldagi Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami yetkaziş maqsadida suzayotgan kemalarni egallab olgan, dengizçilar va harbiylar örtasidagi tortişuvda 9 nafar turkiyalik halok bölgandi.












