8 oyli gödak AQŞning Baltimor şahrida çiqqan kuçli yonğindan omon qoldi. Uni öz tanasi bilan tösgan Polo laqabli it saqlab qolgan.

CBS News telekanali ma'lumotiga köra, qizçaning onasi bölmiş Erika Poremski yonğin boşlanganida uyga kira olmagan. Bunga uringanida qölini kuydirib olgan.

U öt öçiruvçilarni çaqirgan va ularni kutişga majbur bölgan.

Bola bu vaqtda uyning ikkinçi qavatida bölgan. Öt öçiruvçilar yetib kelib, u yotgan xonani oçib kirişganida Vivian Poloning ostida tirik holatda bölgan. Jonivorning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan.