Milliarder Donald Tramp ta'kidladiki, AQŞdagi afroamerikaliklarning katta qismi «falokatli» ahvolda yaşaydi.
«Bu butunlay katastrofa, işsizlik, barçasi juda yomon — soğliqni saqlaş sohasi, ta'lim, bular ularning hayotida umuman yöq. Ular öta qaşşoq ahvolda yaşaşmoqda. Men aytaman: «Nega siz menga ovoz bermaysiz?» Bu orqali nima yöqotasiz? Hozirgi ma'muriyatdan yomoni bormikin, men barçasini tuzatmoqçiman», — degan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Bu orqali AQŞ prezidentligiga respublikaçilar partiyasidan nomzod bölmiş magnat Black Lives Matter markazi va boşqa jamoatçilik taşkilotlarining rasizm hamda qora tanli saylovçilarni mensimaslik böyiça ayblovlariga javob qaytargan.








