Yaponiya boş vaziri Sindzo Abening  Olimpiya öyinlari yopiliş marosimida Nintendo kompaniyasining videoöyini qahramoni super Mario libosida paydo bölişi barça uçun kutilmagan hol böldi. Uşbu tomoşa 2020-yili Tokioda bölib ötişi belgilangan navbatdagi yozgi Olimpiya öyinlari mezbonini öziga xos taniştiriş böldi. 

Quartz naşrining yozişiça, Abening qölidagi qizil şar Yaponiya bayroği timsolidir.

2020-yilgi öyinlar taşviqot roligiga binoan, Abe Rio-2016 yopiliş marosimiga juda ham keçikadi. Şundan söng, u Marioga aylanib, yaşil quvurga özini otadi va Yerning narigi tomonida, Braziliyaning Rio şahri Marakana stadionida paydo böladi. 

Şarhlovçilarning qayd etişlariça, uşbu videolavhada mamlakatning öziga xosligini köriş mumkin. Yopiliş marosimida Mariodan taşqari 1980-yilda Yaponiyada işlab çiqilgan yana bir videoöyin qahramoni Pac-Man ham paydo bölgan. 

Şu bilan birga, ta'kidlaş kerakki, kelgusi Olimpiada, aynan şu öyinlar uçun maxsus kiritilgan yangi sport turlari bilan ham yodda qoladi. Avgust oyi boşida XOQ Olimpiya dasturiga skeytbording, syorfing, karate, beysbol (softbol) va çöqqiga çiqiş turlarini ham kiritdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim foydalanuvçilari esa, 2020-yilga kelib bu röyxatga Pokémon Go öyini ham kiritilişini aytişgan