1 oktabr kuni AQSh hukumati qoshidagi axborot va telekommunikatsiya milliy tizimlari domen nomlari bo‘yicha nazoratni Ixtisoslashgan manzillar va raqamlar uchun internet korporatsiyasi - ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers)ga topshiradi. Bu haqda engadget.com xabar qilgan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi 3080-sonli «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, ICANN xalqaro tashkiloti bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, milliy domenni boshqarish huquqi «Uzinfocom» markaziga berilgan. Ayni kunda ushbu markaz UZ domenining administratori hisoblanadi.

















