Italiyaning zilziladan jabrlangan Peskara-del-Tronto şahrida qutqaruvçilar vayronalar ostidan 10 yoşli qizçani çiqarib olişdi. The Independent ma'lumotiga köra, uşbu qizça 17 soat mobaynida xarobalar ostida bölgan.
Uni darhol şifoxonaga olib borişgan. Ayni damda qizçaning hayotiga xavf yöq.
Uning oilasi taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Italiyaning markaziy qismida 24 avgustga ötar keçasi röy bergan 6,1 balli zilzila oqibatida halok bölganlar soni 247 nafar, yana 264 nafar jarohatlangan kişi şifoxonalarda qolmoqda.
Zilzila Latsio, Umbriya va Marke viloyatlariga jiddiy zarar keltirdi.












