.Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan yurtimizning barça göşalarida turli bayram tadbirlari bölib ötmoqda

Nihol mukofoti sovrindorlari Adham Soliyev, Doston Ubaydullayev, estrada xonandasi Akbar Atamuhammedovlar Özbeknavo va Respublika Ma'naviyat tarğibot Markazi taşabbusi bilan şu kunlarda Surxondaryo viloyatidagi bir qator bayram tadbirlarida iştirok etib, xalqimizga xursandçilik ulaşişmoqda.

Surxondaryo viloyati Termiz şahrida joylaşgan 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari, şuningdek Denov va Şörçi tumanlari aholisi uşbu bayram tadbirlaridan bir olam quvonç olişmoqda. Bunday tadbirlarning "Soğlom ona va bola" yilida ötkazilişi alohida diqqatga sazovordir, zero insonlarga yaxşi kayfiyat ulaşiş, ularning könglini kötariş kabi ezgu amallar soğliqqa  ijobiy ta'sir körsatadi. 

Eslatib ötamiz, kuni keça Prezidentimiz farmoni bilan “Özbeknavo” estrada birlaşmasi xonandasi Akbar Atamuhamedov "Şuhrat" medali bilan mukofotlandi. Xonandani uşbu yuksak mukofot bilan qutlab, ana şunday ezgu amallari bardavom bölişini tilab qolamiz.