Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalik yigit dunyo bo‘ylab sayohat qilgan eng yosh sayyoh bo‘ldi
Foto: brisbanetimes.com.au
18 yoshli avstraliyalik bir motorli samolyotda dunyo bo‘ylab yolg‘iz sayohat qilgan eng yosh kishi bo‘ldi. Bu haqida Brisbane Times ma'lum qildi.
Leklen Smart 54 kunlik sayohati davomida dunyoning 24 nuqtasida va 15 mamlakatida qo‘nishni amalga oshirdi. Smartning so‘zlariga ko‘ra, asosiy qiyinchiliklar ob-havo sharoitlari, xorijlik aviadispetcherlar bilan muloqot qilish (turli tillarda so‘zlashilgani bois) va boshqalar tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘qligi natijasida yuzaga keldi.
Avstraliyalik yigit avvalgi rekordchi - amerikalik Mett Gutmillerdan bir yosh kichik.
Smart shanba kuni ertalab Avstraliyaning shimoli-sharqida joylashgan Kvinslend shtatidagi aeroportlardan birida yerga qo‘ndi.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
11:22 / 20.03.2026