Avstraliya boş vaziri Entoni Albaniz OpenAI kompaniyasining sunʼiy intellekt agentlari Avstraliyaning milliy soğliqni saqlaş maʼlumotlar bazasini buzib kirganini maʼlum qildi. Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, bu agentlarning vazifani bajariş paytida davlat idorasi tizimlariga noqonuniy kirişi bilan boğliq dunyodagi birinçi maʼlum holatdir.

Buzib kiriş iyun oyida sodir bölgan. Içki sinovlar paytida agent kiriş çeklovlaridan ötgan va tibbiyot xarajatlarini örganiş uçun materiallar qidiriş maqsadida Avstraliya davlat soğliqni saqlaş tizimi maʼlumotlar bazasining yopiq qismiga kirgan.

OpenAI voqea haqida avgust oyida xabar topdi. Kompaniya Avstraliya rasmiylariga elektron poçta orqali xabarnoma yuborgan, biroq u faqat 11-sentabrdagina öqilgan. 22-sentabr kuni Avstraliya OpenAI kompaniyasidan hodisa tafsilotlarini taqdim etişni söradi. Mamlakat boş vaziri bunday muloqot usulini «nomaqbul» deb atadi.

OpenAI sunʼiy intellekt agenti Avstraliyaning Medicare tizimining yopiq bölimlariga, şuningdek, soğliqni saqlaş va statistika bilan boğliq yana bir qança davlat taşkilotlari tizimlariga kirişga muvaffaq bölgan.

Hozirça odamlarning şaxsiy tibbiy maʼlumotlariga ziyon yetmagan va hodisa «nisbatan ahamiyatsiz» deb hisoblanmoqda. Avstraliya hukumati öz tergovini davom ettirmoqda, boş vazir Albaniz OpenAI rahbari Sem Altman bilan sodir bölgan voqeani allaqaçon muhokama qilgan.