Hongkong yaqinida tezyurar yölovçi paromi bilan baliq ovlovçi kema töqnaşib ketdi. Voqea oqibatida bir ayol yölovçi jarohat oldi. Bu haqda South China Morning Post naşri ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, parom bortida 289 yölovçi va ekipajning 10 a'zosi bölgan. Parom Makaodan Hongkongga ketayotgan bölgan.

Parom va 15 metrlik baliq ovlovçi kemaning töqnaşişiga kuçli yomğir va şamol sabab bölgan bölişi mumkin, ob-havo şaroitlari tufayli yon-atrof yaxşi körinmagan.

Parom mutaxassislar tomonidan şikastlarga tekşirilgandan keyin öz yölini davom ettirib, Hongkongga yetib olgan.