Rasmiy Moskva va Vaşington Suriyaning Halab şahridagi jangarilarga qarşi şu yilning sentabr oyi örtalaridan özaro hamkorlikda hujum qiliş imkoniyatlarini örganib çiqmoqda. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi Jyenevadagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
"Tomonlar sentabr oyi örtalaridan Halabdagi jangarilarning pozitsiyalariga muvofiqlaştirilgan holda zarbalar yöllaşni boşlaş imkoniyatlarini körib çiqişmoqda", deya ma'lumot bergan Rossiya-Amerika maslahatlaşuvlariga yaqin manba.
Qayd etilişiça, sentabrda Halab atrofida qurollarini topşirib Suriya hukumatiga taslim bölişdan boş tortgan jangarilargina qoladi.
"Qolgan jangarilar örab olinadi va bombardimon qilinadi", deyilgan manba ma'lumotida.
U rejada bu harakatlarda Suriya HHK samolyotlari iştiroki xususida heç qanday ma'lumot bermagan.








