Bugatti kompaniyasi rahbariyati seriyali Galibier supersedani işlab çiqariş loyihasini muhokama etişni boşladi. Bu haqda, Fransiya avtomobilsozlik kompaniyasi rahbari Volfgang Dyurxaymerga asoslangan holda Autocar xabar qilmoqda.

«Men hamon uşbu avtomobilga befarq emasman. Çunki unda qator inqilobiy yeçimlar mujassamlaşgan bölib, ularni şu paytgaça heç kim seriyali modellarida qöllamagan», — degan Dyurxaymer.

Xabarlarga köra, Bugatti Galibier «Folksvagen»ning takomillaştirilgan  MSB şassisi asosida işlab çiqariladi. Bungaça mazkur platforma negizida yangi avlod Porsche Panamera barpo qilingan edi. Bundan taşqari, Bentley firmasining yangi modellari ham ana şu şassiga quriladi. Bugatti Galibier esa, 2018-yilda paydo böladigan yangi avlod Rolls-Royce Phantom bilan raqobat qilişi mumkinligi aytilmoqda. 

Eslatib ötamiz, Bugatti Galibier prototipi 2009-yilda namoyiş etilgandi. Ikki yillardan söng, kompaniya rahbariyati savdo belgisini işlab çiqiş loyihasiga ham ruxsat berdi. Biroq, 2013-yili firma öz rejalaridan voz keçişga qaror qilib, e'tiborini Veyron giperkarining vorisi — Chiron kupesiga qaratişga ahd qildi.

Endilikda, Dyurxaymerning bayonot berişiça, seriyali Galibier «kompaniyaning 4ta strategik mahsulotidan biri hisoblanadi».

Norasmiy ma'lumotlarga köra, Bugatti avtomobillari qatori Type 41 Royale klassik modelining ğoyaviy davomçisi böladigan yirik elektr yöltanlamasi bilan boyişi mumkin. U Rolls-Royce kompaniyasining Project Cullinan deb atalayotgan loyihasi mahsuli böluvçi yöltanlamasiga raqobat uyğotişi kerak böladi. Bundan taşqari, Bugatti Chiron kupesidan pastroq poğonada joylaşadigan «kiçik» superkar ham paydo bölişi ehtimol.