Somali poytaxti Mogadişo şahrida bugun ertalab portlaş sodir böldi. Ria Novosti agentligining mahalliy naşrlarga asoslanib xabar berişiça, portlaş prezident qarorgohi röparasida röy bergan.
"Portlovçi qurilma örnatilgan avtomobil prezident qarorgohi röparasida portlatilgan. Saroy röparasidagi 2ta mehmonxona butunlay vayron bölgan", deya politsiya vakili Muhammad Alining sözlarini keltiradi naşr.
Hozirça portlaş tafsilotlari haqida ma'lumotlar yöq. Şuningdek, terakt uçun javobgarlikni heç bir taşkilot zimmasiga olmagan.
Qayd etiş kerakki, ötgan haftada Somali hududida "Al-Qoida" tomonidan bir qator xunrezliklar amalga oşirilgandi.












