«Arsenal» germaniyalik himoyaçi Şkodran Mustafini sotib olgani haqida rasman ma'lum qildi.

Londonliklar klubi Germaniya terma jamoasi a'zosi bölgan futbolçining transfer huquqini «Valensiya»dan sotib olgan.

«Mustafi hozirda eng optimal yoşda. U yaxşigina tajriba töplagan.

Şkodran – e'tiborli himoyaçi, u şuningdek töp bilan yaxşi muomila qila oladi. Biz ajoyib futbolçini tarkibga qöşib oldik», – deya transferga fikrini bildirgan Arsen Venger.

Bundan oldingi xabarlarda futbolçining transfer qiymati 30-35 mln yevroni taşkil qilişi aytilgandi.

Şu tariqa, «Arsenal» kun davomida ikkinçi transferni amalga oşirdi. Bundan oldinroq «Deportivo» hujumçisi Lukas Peres 20 mln yevro evaziga xarid qilingandi.