Yaqinda Koreya avtomobilsozlik sanoati vakillaridan biri KIA kompaniyasining yangi krossoveri sinov jarayonlarida közga taşlangan edi. «Kolyosa.ru» portali öziga xos taşqi körinişga ega uşbu avtomobil dizayniga oydinlik kiritişga qaror qildi.
Har holda, yangi model old çiroqlari alohida joylaşadi. Ya'ni, tepa qismida buriliş va kunduzgi çiroqlar, pastda asosiy yoritqiç çiroq joylaşadi. Bu dizayn, yangi Jeep Cherokee va Nissan Juke orqali yaxşi tanişligini ham qayd etiş lozim. Yapon modeli Koreya maşinasiga raqobatçi bölişi aniq.
Maşina yon tomonlari orqa eşik oçqiçlari atrofida biroz bukilgan bölişi mumkin. Uning orqa çiroqlari baland joylanib, oynasi ançagina tor böladi. Raqam örnatiladigan joyi yukxona quyi qismida böladi.













